AQShda o'qish narxi qancha?
+
AQSh universitetlarida kontrakt odatda yiliga taxminan $15 000 dan $50 000 gacha. Bunga yashash xarajatlari (shaharga qarab) qo'shiladi. Akademik va sport grantlari bilan umumiy summa sezilarli kamayishi mumkin.
Angliyada (Buyuk Britaniyada) o'qish narxi qancha?
+
Buyuk Britaniyada xalqaro talabalar uchun kontrakt odatda yiliga taxminan £12 000 dan £35 000 gacha. Londonda yashash boshqa shaharlarga nisbatan qimmatroq. Bakalavr 3 yil, magistratura odatda 1 yil bo'lgani uchun umumiy xarajat AQShga qaraganda kamroq bo'lishi mumkin.
Chet elda o'qish uchun IELTS shartmi?
+
Ko'pincha ha, lekin har doim emas. AQSh universitetlari TOEFL, IELTS yoki Duolingo natijasini qabul qiladi, Buyuk Britaniya universitetlari esa asosan IELTS talab qiladi (odatda 6.0–6.5). Til darajasi yetmasa, Foundation yoki til kursi orqali kirish mumkin.
AQSh F-1 talaba vizasi qanday olinadi?
+
Avval universitetdan qabul va I-20 hujjati olinadi. Keyin SEVIS to'lovi qilinadi, DS-160 anketasi to'ldiriladi va Toshkentdagi AQSh elchixonasida intervyu topshiriladi. Biz har bir bosqichda, ayniqsa intervyuga tayyorgarlikda yordam beramiz.
Buyuk Britaniya talaba vizasi qanday olinadi?
+
Universitetdan qabul va CAS raqami olinadi, moliyaviy imkoniyat tasdiqlanadi, so'ng onlayn ariza topshirilib, biometrika beriladi. Hujjatlarni to'g'ri tayyorlash vizaning tez va muammosiz chiqishi uchun eng muhim omil.
Jarayon qancha vaqt oladi?
+
O'qish boshlanishidan 6–12 oy oldin boshlash tavsiya etiladi. Universitet javobi bir necha haftadan bir necha oygacha, talaba vizasi esa bir necha haftadan 2–3 oygacha davom etadi.
O'qish davomida ishlash mumkinmi?
+
Ha, cheklovlar bilan. AQShda F-1 talabalar asosan kampus ichida, o'quv davrida haftasiga 20 soatgacha ishlay oladi. Buyuk Britaniyada bakalavr va magistr talabalari o'quv davrida odatda haftasiga 20 soatgacha ishlashi mumkin. Qoidalar o'zgarishi mumkin — konsultatsiyada amaldagilarini tushuntiramiz.
Grant yoki stipendiya olish mumkinmi?
+
Ha. AQSh universitetlari akademik va sport grantlari hamda chegirmalar beradi, Buyuk Britaniya universitetlarida xalqaro talabalar uchun stipendiyalar mavjud. Profilingizga mos grantlarni aniqlab, arizani tayyorlaymiz.
Qanday hujjatlar kerak bo'ladi?
+
Asosan: pasport, attestat yoki diplom (ilovasi bilan), til sertifikati, motivatsion xat (SOP), tavsiyanomalar va moliyaviy imkoniyatni tasdiqlovchi hujjatlar. Aniq ro'yxat universitetga qarab beriladi.
YouVisa qayerda joylashgan va qanday bog'lanish mumkin?
+
YouVisa ofisi Toshkentda, Yunusobod tumani, 5-mavze, Moyqo'rg'on ko'chasida — AQSh elchixonasi ro'parasida joylashgan. Ish vaqti: dushanbadan shanbagacha, 09:00–18:00. Telefon: +998 77 011 11 66, Telegram: @youvisa_uz. Birinchi konsultatsiya bepul.